Abstract
Ushbu maqolada transformatorlarda yuzaga keladigan energiya yo‘qotishlari va ularni kamaytirish usullari temir yo‘l sohasida qo‘llanilishi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Transformatorlarning ishlash prinsipi, energiya yo‘qotishlarining asosiy turlari — magnit siklidagi (gisterezis va vikhrevi toklar) hamda o‘ramlardagi rezistiv yo‘qotishlar batafsil yoritiladi. Temir yo‘l tizimlarida transformatorlarning roli va yuqori yuklamalar sharoitida energiya yo‘qotishlarining tizim samaradorligiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, energiya samaradorligini oshirish uchun magnit yadro materiali, o‘ram dizayni, sovutish tizimlari, yukni boshqarish va regenerativ tormozlash texnologiyalaridan foydalanish usullari taqdim etiladi. Maqola zamonaviy materiallar va texnologiyalarning temir yo‘l transformatorlarida energiya tejalishini ta’minlashdagi ahamiyatini ko‘rsatadi.
References
1. Sobirov A. M. Elektr energetikasi asoslari. -T.: O‘zbekiston Milliy Universiteti nashriyoti. 2017.
2. Rasulov B. R. Transformatorlarning qurilishi va ishlash prinsiplari. -T.: “Texnologiya” nashriyoti. 2019.
3. Qodirov T. Sh. Elektr energiyasini tejash va samaradorligini oshirish usullari. -T.: Fan va texnologiya. 2020.
4. O‘zbekiston temir yo‘llari elektr tizimlari bo‘yicha texnik qo‘llanma. -T.: O‘zbekiston temir yo‘llari bosh boshqarmasi. 2021.
5. Abdurahmonov S. J. Temir yo‘l transportida elektr energiyasini samarali foydalanish. -T.: “Transport va aloqa” jurnali, №3, 45-53-betlar. 2018.