Abstract
Ushbu tezisda jahonning rivojlangan mamlakatlarida tarbiyaviy jarayonlarning etnik xususiyatlari tahlil qilinadi. Kanada, AQSh, Germaniya, Frantsiya va Buyuk Britaniyada ta’lim va tarbiya jarayonlari etnik xilma-xillikni hisobga olgan holda tashkil etiladi. Tezisda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, ikki tillilik siyosati, inkluziv ta’lim, interfaol metodlar, guruhli loyihalar, madaniy tadbirlar va raqamli texnologiyalar qo‘llanilishi yoritiladi. Shuningdek, pedagoglar malakasini oshirish va ta’lim jarayonining qonuniy-huquqiy kafolatlari (qarorlar, farmonlar, qonunlar, farmoyishlar, konstitutsiya moddalari) ham tahlil qilinadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, etnik xilma-xillik tarbiyaviy jarayonlarga integratsiya qilinganda, o‘quvchilar shaxs sifatida rivojlanadi, tolerantlik, madaniyatlararo muloqot va ijtimoiy mas’uliyat ko‘nikmalarini egallaydi hamda jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyalanadi.
References
1. Moore, Shelley. Kanadada inklyuziv ta’lim: etnik xilma-xillik va shaxsiy rivojlanish. Toronto, 2016.
2. Moore, Shelley. Kanada maktablarida ko‘p madaniyatli ta’lim amaliyotlari. Vankuver, 2022.
3. Fraser, David. Rivojlangan mamlakatlarda etnik xilma-xillikni hisobga olgan ta’lim strategiyalari. London, 2021.
4. Banks, James A. Ko‘p madaniyatli ta’lim: masalalar va qarashlar. Nyu-York, 2019.