Abstract
Maqolada Muqimiy ijodida tarjimai hol unsurlari va badiiy tafakkur uyg‘unligi tahlil qilinadi. Shoirning hayotiy tajribalari, ijtimoiy muhitga munosabati hamda shaxsiy kechinmalari uning she’riy va hajviy asarlarida qanday aks etgani ilmiy jihatdan yoritiladi. Muqimiy asarlaridagi real hayot tasviri, xalq turmushi, davr muammolari va insoniy fazilatlarning badiiy ifodasi misollar asosida ochib beriladi. Tadqiqot davomida shoirning biografik qarashlari bilan adabiy-estetik tafakkuri o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilinib, uning o‘zbek mumtoz adabiyotidagi o‘rni baholanadi.
References
1. Muqimiy. Tanlangan asarlar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 1987.
2. Mallayev N. O‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1976.
3. Qayumov A. Qo‘qon adabiy muhiti. – Toshkent: Fan, 1961.
4. Karimov N. XIX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1999.
5. Vohidov R., Eshonqulov H. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi. – Toshkent, 2006.