Abstract
Maqolada o‘quvchilarda moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligini shakllantirish jarayonida pedagogik korreksiyaning o‘rni va ahamiyati tahlil etilgan. Unda ta’lim jarayonida o‘quvchilarning shaxsiy qadriyatlari, dunyoqarashi hamda ijtimoiy faolligini rivojlantirishda korreksion yondashuvning samarali usullari yoritiladi. Shuningdek, pedagogik korreksiya orqali o‘quvchilarda moddiy ehtiyoj va ma’naviy qadriyatlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalar, tarbiyaviy metodlar va psixologik qo‘llab-quvvatlash vositalarining o‘quvchi shaxsini har tomonlama kamol toptirishdagi ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot natijalari o‘qituvchilarga, tarbiyachilarga va pedagogika sohasidagi mutaxassislarga amaliy tavsiyalar sifatida xizmat qiladi.
References
1. Sh.M.Mirziyoyev Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. “O‘zbekiston”.T., 2016. – B.16.
2. Sh.M.Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O‘zbekiston”. T.,2017. – B.116.
3. A.Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” - Toshkent: O‘qituvchi, 1992.
4. N.Saidahmedov “Ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlar” -Toshkent: Fan va texnologiya, 2006.
5. E.G‘oziev “Pedagogik psixologiya” - Toshkent: Noshir, 2018.
6. M. Hasanov Pedagogik korreksiya va uning zamonaviy metodlari - Toshkent: TDPU nashriyoti, 2022.
7. Davletshin M.G. va boshqalar. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya: o‘quv metodik qo‘llanma. T., 2004.– 154 b.