Abstract
Mazkur maqolada global iqtisodiy rivojlanish jarayonida raqamli transformatsiyaning iqtisodiy o‘sish, ishlab chiqarish samaradorligi, innovatsion faoliyat, mehnat bozori va institutsional boshqaruv tizimlariga ta’siri rivojlanayotgan mamlakatlar misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotda xalqaro ilmiy maqolalar, raqamli iqtisodiyot bo‘yicha konseptual yondashuvlar hamda zamonaviy statistik manbalar sintez qilinib, raqamli transformatsiyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir etuvchi asosiy mexanizmlari ochib beriladi. Xususan, internet infratuzilmasi, sun’iy intellekt, elektron tijorat, fintech ekotizimi, raqamli davlat boshqaruvi va ma’lumotlarga asoslangan iqtisodiy qarorlar o‘sish omili sifatida baholanadi. Shu bilan birga, maqolada rivojlanayotgan mamlakatlar duch kelayotgan raqamli tafovut, texnologik qaramlik, kadrlar salohiyatining yetishmasligi, kibertahdidlar va investitsion nomutanosiblik kabi tizimli muammolar tanqidiy tahlil qilinadi.
References
1. Абдураҳмонов А. Рақамли трансформация концепциялари ва унинг аҳамияти. «Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot». Ж. Т.1, №4, 2024.
2. Азларова М. Ўзбекистон иқтисодиётининг рақамли технологиялари. «Muhandislik va iqtisodiyot». Ж., 2025. DOI: 10.5281/zenodo.19415428.
3. Асраев Ш.Б. Рақамли иқтисодиёт: Ўзбекистонда рақамли технологиялар асосида иқтисодий трансформация. «Научные исследования и инновации». Ж. Т.1, №1, 2025.
4. Умаркулов Қ., Абдуносирова Н. Ўзбекистонда инсон капитали рақамли трансформация шароитида: муаммолар, имкониятлар ва стратегик ечимлар. «Muhandislik va iqtisodiyot». Ж., 2025. DOI: 10.5281/zenodo.15798641.
5. Давронов М., Жабборалиев Р., Шадманов Э. Рақамли иқтисодиёт ҳақида умумий тушунча. «Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot». Ж. Т.2, №8, 2024. DOI: 10.5281/zenodo.14741454.
6. Маҳкамжонов М.Д. Ўзбекистонда рақамли иқтисодиёт: тушунчаси, таркибий тузилмаси ва ривожланиш истиқболлари. «Shokh Library». Ж. Т.1, №1, 2026.