Abstract
Biz ushbu tezisda kikboksingchilarda musobaqa jarayonida yuklamalarni rejalashtirish mavzusini tahlil qilib chiqamiz. Bilamizki, kikboksing sport turida musobaqa jarayoniga beriladigan yuklamalarni rejalashtirish mavzusi zamonaviy sport ilmi va amaliyotida muhim o‘rin egallaydi. Kikboksing – yuqori intensivlikdagi jang san’ati bo‘lib, unda sportchining muvaffaqiyati jismoniy tayyorgarlik, texnika va taktikaga bog‘liq. Ushbu tezisda musobaqaga tayyorgarlik jarayonida yuklamalarni samarali rejalashtirish, periodizatsiya modellari, anaerob va aerob quvvatni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Hamda tadqiqot O‘zbekiston va xalqaro ilmiy manbalarga asoslanadi: professional kikboksingchilarning VO2max ko‘rsatkichi o‘rtacha 54–69 ml/kg/min, anaerob quvvati yuqori darajada bo‘ladi. Yuklamalarni individual va bosqichma-bosqich tuzish sport natijalarini oshiradi hamda jarohatlarni kamaytiradi. Bundan tashqari, tezis yosh sportchilar uchun yuklamalarni me’yorlash va monitoring usullarini ham qamrab oladi.References
1. Ouergui, I., Hssin, N., Franchini, E., Gmada, N., & Bouhlel, E. (2014). Technical and tactical analysis of high level kickboxing matches. International Journal of Performance Analysis in Sport, 14(2), 515–530.
2. Ouergui, I., et al. (2019). Physiological responses and bout analysis in elite kickboxers during K1 rules matches. Frontiers in Physiology, 12, 691028. https://doi.org/10.3389/fphys.2021.691028
3. Slimani, M., Chaabène, H., Miarka, B., Franchini, E., Bragazzi, N. L., & Negra, Y. (2017). Kickboxing review: Anthropometric, psychophysiological and activity profile and injury epidemiology. Biology of Sport, 34(2), 185–196. https://pmc.ncbi.nlm.nih.gov/articles/PMC5424459/
4. Senduran, A., & Mutlu, N. G. (2017). Physiological response and biomarkers in kickboxing – systematic review. Physical Activity Review, 11(2), 112–127.
5. Tabben, M., et al. (2013). Physiological and perceived exertion responses during international Taekwondo competition. International Journal of Sports Physiology and Performance, 8(5), 531–537. (O'xshash jang sportlari uchun solishtirma)
6. Mambetnazarov, I. M. (2025). Akademik eshkak eshish sportida psixologik mashg'ulotlarining sport natijalariga ta'siri. Dene tarbiyasi ham sport xabarshisi, №5, 2025. O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali.
7. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi materiallari (2025). Kikboksing bo'yicha O'zbekiston chempionatlari va kuboklari hisobotlari (masalan, 2025 yilgi O'zbekiston kubogi va chempionati ma'lumotlari).
8. Heatrick, D. (2013). Periodisation of Muay Thai technique training. Heatrick Strength & Conditioning. https://heatrick.com/2013/07/21/periodisation-of-muay-thai-technique-training (Muay Thai va kickboxing uchun periodizatsiya modellari)