Abstract
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning adabiy aloqalarni o‘rganishdagi o‘rni, xususan, raqamli qiyosiy adabiyotshunoslik yo‘nalishining rivojlanish istiqbollari, Alisher Navoiy “Layli va Majnun” dostoni va Uilyam Shekspir “Romeo va Julieta” tragediyasi qiyosiy tahlil qilinadi. Tahlilda raqamli adabiyotshunoslik yondashuvlari asosida asarlar o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlar ochib beriladi. Har ikki asarda muhabbatning fojeaviy taqdiri, jamiyat to‘siqlari va inson ruhiyati tasviri, Ingliz adabiyotidagi Renessans davri tafakkuri va Sharq adabiyotidagi tasavvufiy yuksalish bir-biriga qiyoslanadi. Raqamli usullar – so‘z chastotasi, sentiment tahlil, semantik tarmoq tahlili orqali muhabbat, o‘lim, sadoqat va taqdir mavzulari statistik jihatdan ham solishtiriladi.
References
1. Karimova N. (2022). Raqamli gumanitar fanlar va adabiyot tahlilida zamonaviy yondashuvlar. Toshkent.
2. Jorayev Sh. (2023). Raqamli adabiyotshunoslikning nazariy asoslari. Samarqand.
3. Anderson M. (2021). Digital Comparative Literature: Mapping Global Texts. Cambridge University Press.
4. Rahmonov D. (2020). Kompyuter lingvistika va madaniyatlararo tahlil. Toshkent.
5. Akbarov B. (2024). O‘zbek adabiy merosini raqamlashtirish yo‘nalishlari. Toshkent.