ZAMONAVIY HIKOYALARDA AKS ETGAN IJTIMOIY MUAMMOLAR TAVSIFI (ISAJON SULTON HIKOYALARI MISOLIDA)
PDF

Keywords

hikoya janri, ijtimoiy muammo, ramziy poetika, shaxs va jamiyat, ma’naviy tanazzul, keksalik va yolg‘izlik, mafkuraviy manipulyatsiya, ommaviy ong, badiiy tafakkur, zamonaviy o‘zbek adabiyoti

Abstract

Mazkur maqolada Isajon Sulton hikoyalarida aks etgan ijtimoiy muammolar zamonaviy badiiy tafakkur nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda “Bog‘i Eram”, “Todd”, “Tilsim lashkari yoxud Muqanna”, “Manzil”, “Mening gulim”, “Toshkelinchak” kabi hikoyalar asosida keksalik va yolg‘izlik, mehnatning qadrsizlanishi, shaxs erksizligi, mafkuraviy manipulyatsiya, soxta najotkorlik, jamiyatning ommaviy ongga bo‘ysunishi, ma’naviy tanazzul va sof qadriyatlarning himoyasizligi muammolari yoritiladi. Asarlarda ijtimoiy muammo ochiq tanqid orqali emas, balki ramz, xotira, mifologik tafakkur va psixologik tasvir vositalari orqali badiiy umumlashtirilgani ko‘rsatib beriladi. Maqola Isajon Sulton nasrida ijtimoiy muammolar poetik tafakkur asosida chuqur falsafiy va estetik darajada talqin etilganini asoslaydi.

PDF

References

1. Sulṭon, Isajon. Boqiy darbadar: roman. — Toshkent: O‘zbekiston, 2011. — 153 b (280 b.)

2. Karim, Bahodir. Istiqlol adabiyoti: nazm va nasr. - Toshkent: “Firdavs-shoh” nashriyoti, 2021. - 146 b. – B.

3. Шодиев Н. Психологик таҳлил принциплари, форма ва воситалари // Ўзбек тили ва адабиёти, 1973, 2-сон.

4. Шодиев Н. Руҳият рассоми. – Тошкент: Фан, 1977.

5. Yangi avlod ovozi. Islom Yoqubov, Abdunabi Hamro, Xursandbek To‘liboyev (suhbat). Sharq yulduzi, 2013, 5-son.

6. Янги авлод овози. Суҳбат. Раҳимжон Раҳмат жавоблари. Шарқ юлдузи, 2013, 2-сон. Yo‘ldosh Q., Yo‘ldosh M. Badiiy tahlil asoslari. – Toshkent: “Kamalak”, 2016.

7. Йўлдошев Қ. Хаёлот ва ҳаёт манзаралари // Ўзбекистон адабиёти ва санъати, 2017.22.09.