Abstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik, metodik va psixologik imkoniyatlari har tomonlama yoritib berilgan. Raqamli texnologiyalar ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim omil sifatida tahlil qilinadi. Maqolada interaktiv doskalar, multimedia resurslar, ta’limiy mobil ilovalar, elektron darsliklar, onlayn platformalar va masofaviy ta’lim vositalarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlariga mos holda qo‘llanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalar orqali ta’limni individuallashtirish, differensial yondashuvni amalga oshirish, o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasini oshirish hamda ularning axborot-kommunikatsion kompetensiyalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari, maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining raqamli kompetensiyasi, dars jarayonida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalari, zamonaviy ta’lim muhiti yaratishdagi o‘rni va ahamiyati asoslab berilgan. Raqamli texnologiyalarni qo‘llash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar, xususan, texnik ta’minot yetishmasligi, o‘quvchilarning sog‘lig‘iga bo‘lgan ta’siri va axborot xavfsizligi ham tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalarberilgan.
References
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasiga oid farmon va qarorlari.
2. Karimova G. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi. – Toshkent, 2021.
3. Yo‘ldoshev J., Usmonov S. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. – Toshkent, 2019.
4. Abdurahmonov A. Pedagogik texnologiyalar asoslari. – Toshkent, 2020.
5. Sharipov Sh. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. – Toshkent, 2018.
6. UNESCO. ICT in Primary Education. – Paris, 2020.
7. OECD. Innovating Education and Educating for Innovation. – 2019.