Abstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida didaktik materiallardan foydalanishning pedagogik, psixologik va metodik jihatlari keng yoritilgan. Tadqiqotda didaktik materiallarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh va individual xususiyatlariga mosligi, ularning bilimlarni o‘zlashtirish jarayoniga ta’siri hamda dars samaradorligini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi.Maqolada ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, didaktik o‘yinlar, kartochkalar, jadvallar va raqamli resurslardan foydalanish orqali o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishi, faolligi va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatlari ilmiy asosda yoritib berilgan. Shuningdek, didaktik materiallarni interfaol metodlar bilan uyg‘unlashtirib qo‘llash orqali o‘quvchilar bilimining mustahkamlanishi, mantiqiy fikrlash va amaliy ko‘nikmalarning shakllanishi ko‘rsatib o‘tiladi.Tadqiqot jarayonida didaktik materiallardan samarali foydalanish o‘quvchilarning darsga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishi, o‘zaro hamkorlik va muloqot madaniyatini rivojlantirishi hamda ta’lim jarayonida ijobiy psixologik muhitni yaratishga xizmat qilishi aniqlangan. Maqola yakunida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun didaktik materiallarni tanlash va ulardan maqsadli foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
References
Abdullaeva Q., To‘xtaeva M. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi. — Toshkent: O‘qituvchi, 2019.
2. Saidahmedov N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2018.
3.Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. — Toshkent: O‘qituvchi, 2017.
4.Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. — Toshkent: TDPU nashriyoti, 2016.
5.Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalar: nazariya va amaliyot. — Toshkent: Fan, 2015.