Abstract
Qullik insoniyat tarixidagi eng qadimgi ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlardan biri boʻlib, unda odamlar erkinlikdan mahrum etilib, mulk sifatida ishlatilgan. Maqolada qullikning Mesopotamiya, Qadimgi Misr, Yunoniston va Rim kabi sivilizatsiyalarda paydo boʻlishi, sabablari (urushlar, qarzlar, iqtisodiy ehtiyojlar) va oqibatlari yoritiladi. Qullik jamiyatning mehnat kuchi va qudratini taʼminlagan boʻlsa-da, inson huquqlarini cheklab, tengsizlikni kuchaytirgan. Matnda Tavrot va arxeologik dalillarga asoslangan Misrdagi somiylarning qulligi, Rimdagi qullarning millionlab soni, ularning turli sohalarda ishlatilishi va Spartak boshchiligidagi qoʻzgʻolon kabi misollar keltirilgan. Vaqt oʻtishi bilan qullikning unumsizligi, qoʻzgʻolonlar va ijtimoiy oʻzgarishlar tufayli tizim yemirilgan. Zamonaviy jamiyatlarda qullikning har qanday shakli rad etilib, inson erkinligi va tengligi qadrlanadi. Matn qullikni adolatsiz va vayronkor tizim sifatida taʼkidlab, uning oʻrganilishi orqali jamiyatlarning erkinlikka asoslanganligini eslatadi.
References
Dyankonov I. M. “Qadimgi Misdrda qullik”. 1963. (rus tilidan tarjima).
2. Jahon tarixi ensiklopediyasi. 2 jild. Toshkent. 2017.
3. Xo’jayev A., Rtveladze A., Sayfiyev A. Antik dunyo tarixi’’. Toshkent. 2020.
4.O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 12 jild. Toshkent. 2005.
5. www.wikipedia.org. internet sayti