RAQAMLI RESURSLAR ASOSIDA QO‘SHIQ O‘RGATISHNING AFZALLIKLARI
PDF

Keywords

raqamli texnalogiylar,qo‘shiq o‘rgatish,resurlar,musiqa ta’limi, musiqiy asar.

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanishning, xususan, qo‘shiq o‘rgatish yо‘nalishidagi afzalliklari yoritilgan. Raqamli resurslarning musiqa ta’limida tutgan o‘rni ortib borayotgani bois, ulardan samarali foydalanish o‘quvchilarning musiqiy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim omil sifatida ko‘riladi. Maqolada raqamli platformalar, mobil ilovalar, karaoke dasturlari, virtual musiqiy asboblar, interaktiv notalash tizimlari kabi vositalarning qo‘shiq o‘rgatish jarayoniga ta’siri tahlil qilingan.Raqamli resurslar o‘quvchilarga mustaqil o‘rganish imkonini yaratadi, ularda tinglash, takrorlash, solishtirish va tahlil qilish kabi malakalarni rivojlantiradi. Shuningdek, qo‘shiqlarni vizual ko‘rinishda ko‘rsatish, audio va video materiallar bilan ishlash o‘quvchilarning musiqani chuqurroq anglashiga yordam beradi. Interaktiv metodlar orqali o‘quvchilarning darsga qiziqishi ortadi, motivatsiyasi kuchayadi va ijrochilik malakalari shakllanadi.Maqolada shuningdek, raqamli resurslardan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar — texnik ta’minot yetishmasligi, internetga bog‘liqlik, o‘qituvchilarning raqamli savodxonligi kabi omillar ham ko‘rib chiqilgan. Shunga qaramay, raqamli texnologiyalar musiqa ta’limini zamonaviylashtirish, dars samaradorligini oshirish, o‘quvchilar bilan individual ishlash imkoniyatini kengaytirish kabi bir qator yuksak afzalliklarga ega ekani ta’kidlanadi.Umuman olganda, maqola raqamli resurslar asosida qo‘shiq o‘rgatishning o‘quvchilarda ijodkorlik, musiqiy did, vokal ko‘nikmalari va mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirishdagi o‘rni va samaradorligini asoslab beradi.

PDF

References

1. Abduvahobova, G. (2021). “Raqamli ta'lim resurslari va ularning pedagogik ahamiyati.” Ta'lim va Innovatsiyalar, 15(3), 45–52.

2. Salomov, B. (2020). “Musiqa ta'limida multimedia vositalarining o‘rni.” Toshkent, O‘qituvchi.

3. Kadyrova, M. (2022). “Raqamli texnologiyalar yordamida musiqa o‘rgatishning afzalliklari.” O‘zbekiston musiqasi, 3(2), 76–84

4. Karimova, S. (2023). Musiqa ta’limida raqamli texnologiyalardan foydalanish metodikasi. Toshkent: Fan va Texnologiya.

5. Usmonxo‘jayev, D. (2020). “Interaktiv o‘qitish vositalarining musiqa darslaridagi samaradorligi.” Pedagogik innovatsiyalar jurnali, 4(1), 55–61.

6. Bekmurodova, M. (2022). Vokal o‘qitishda multimedia resurslarining didaktik imkoniyatlari. Samarqand Davlat Universiteti nashriyoti.