RAQAMLI IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHIDA TA’LIM TIZIMINING O‘RNI: METODOLOGIK YONDASHUVLAR VA AMALIY MISOLLAR
PDF

Keywords

Raqamli iqtisodiyot, masofaviy ta’lim, onlayn maktab, Learning Management System (LMS), ta’limning innovatsion metodlari, raqamli savodxonlik, lifelong learning, O‘zbekiston.

Abstract

Ushbu maqola raqamli iqtisodiyot va ta’lim tizimi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tadqiq qiladi. Raqamli iqtisodiyot mavjud iqtisodiy munosabatlarni zamonaviy texnologiyalar, raqamli platformalar va innovatsion biznes modellar orqali transformatsiya qilishni anglatadi. Tadqiqotda tahlil va sintez, taqqoslama tahlil, kontent-tahlil, tizimli yondashuv hamda empirik kuzatuv metodlaridan foydalanilgan. O‘zbekiston tajribasi asosida masofaviy ta’lim, “Onlayn maktab” loyihasi va Learning Management System (LMS) platformalarining joriy etilishi misol tariqasida keltirilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi ta’lim tizimida raqamli savodxonlik, tanqidiy fikrlash va innovatsion tafakkurni shakllantirish bilan chambarchas bog‘liq. Shuningdek, hayot davomida ta’lim olish (lifelong learning) konsepsiyasi, qisqa muddatli malaka oshirish kurslari va ingliz tili kompetensiyalarini rivojlantirish raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim shartlari sifatida ajratilgan.

PDF

References

1. Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaati / Xalq so‘zi, 28 dekabr 2019 y

2. Kurpayanidi K.I., Ashurov M.S. O‘zbekistonda tadbirkorlik muhitining zamonaviy holati va uni samarali rivojlantirish muammolari / GlobeEdit Academic Publishing, European Union, 2019.

3. Panshin B. Raqamli iqtisodiyot: rivojlanish xususiyatlari va tendensiyalari // Fan va innovatsiyalar, 2016. T. 3. № 157.

4. Savina T.N. Raqamli iqtisodiyot yangi rivojlanish paradigmasi sifatida: chaqiriqlar, imkoniyatlar va istiqbollar // Finans va kredit, 2018. № 3 (771).

5. Tapskott Don. Elektron-raqamli jamiyat: tarmoq aql davrining afzalliklari va kamchiliklari - Kyiv: ITN Press, 1999.

6. Xodiev B.Yu. O‘zbekiston: “raqamli iqtisodiyot”ni yaratish // Rossiya tashqi iqtisodiy veksnik, 2017. № 12. S. 5-12.

7. O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi (2017–2021 yillar) “faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni № UP-5635, 17.01.2019 // Milliy qonunchilik ma’lumotlar bazasi, 18.01.2019. № 06/19/5635/2502.