Abstract
Ushbu maqolada o‘tmishdan to hozirgi kungacha ilm-fan sohasida o‘zining aqlga sig‘mas tajribalari, kashfiyotlari hamda ilmiy yutuqlari bilan shuhrat topgan ayollar faoliyati yoritiladi. Ayollarning ilm-fanda erkaklardan kam emasligi, aksincha ular bilan tengma-teng qadam tashlay olishi turli faktlar va tarixiy misollar orqali asoslab beriladi.Ilm-fanning adabiyot, kimyo, fizika, tibbiyot va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarida revolutsiya yasagan olima ayollar hayoti va ijodi tasvirlanadi. Shuningdek,Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan ayollarning ushbu yutuqqa erishish yo‘lida ko‘rsatgan mehnati, insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan kashfiyotlari tahlil qilinadi.Bugungi kunda faoliyat olib borayotgan zamonaviy olimalarning ilmiy izlanishlari va erishayotgan muvaffaqiyatlari ham alohida qayd etiladi. Davlat siyosatida ayollarning o‘rni, gender tenglik masalalari va ilm-fan rivojida ayollarga ko‘rsatilayotgan e’tibor tahlil qilinadi. O‘tmishdagi buyuk olimalar kabi zamonaviy ayollar ham yangi ilmiy yutuqlar yaratishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani ta’kidlanadi.
References
Musurmanova Oynisa Musurmanovna — Zamonaviy oilada gender tengligi masalalari (Oila va gender ilmiy‑tadqiqot instituti, 2024)
2. Saydivaliyeva Xurshida — Zamonaviy boshqaruvda gender tenglik masalalari (Toshkent, 2024)
3. Sevinch Otakuziyeva — Barqaror taraqqiyotda ayollar: ilm‑fan va sifatli ta’lim (O‘zbekiston Fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali, 2023)
4. Maddox, Brenda. Rosalind Franklin: The Dark Lady of DNA (2002)
5. Evans, Claire L. Broad Band: The Untold Story of the Women Who Made the Internet (2018)
6. Williams, Talithia. Power in Numbers: The Rebel Women of Mathematics (2018)
7. Hollings, Christopher; Martin, Ursula; Rice, Adrian. Ada Lovelace: The Making of a Computer Scientist (2009)