Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekistonning mustaqillikka erishishidan avvalgi yillarda respublika ichida kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar tizimli yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning markazida jamiyatda kuchaygan siyosiy faollik, milliy o‘zlikni anglash jarayonining jadallashuvi, mahalliy boshqaruv organlarining mas’uliyati ortishi, iqtisodiy va ekologik muammolar tufayli yuzaga kelgan ijtimoiy kayfiyatlar, siyosiy tuzilmalarning yangilanishi hamda davlat mustaqilligiga intilish harakatining ichki zaminlari turadi. Maqolada mustaqillik g‘oyasiga bo‘lgan talabning qanday shakllangani, jamiyatning turli qatlamlarida ijtimoiy ongning o‘zgarishi, siyosiy yetakchilarning faoliyati, huquqiy asoslar yaratilishi va suveren qarorlar qabul qilishga olib kelgan ichki omillar keng yoritiladi. Mustaqillik sari olib borgan jarayonlarning izchil o‘rganilishi bugungi O‘zbekistonning davlat boshqaruvi tizimi, siyosiy barqarorlik modeli hamda milliy davlatchilik g‘oyasining shakllanishi uchun asosiy tarixiy poydevorni tashkil etishi bilan dolzarb deb hisoblasak bo‘ladi.References
1. Abduqodirov A. O‘zbekistonning yangi tarixi. – Toshkent: Ilm-fan, 2020.
2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. – Toshkent: Sharq, 2011.
3. O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy Qonun, 1991-yil 31-avgust.
4. O‘zbekiston SSR Davlat suvereniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiya, 1990-yil 20-iyun.
5. Qosimov B. Milliy tiklanish davri: ijtimoiy-siyosiy jarayonlar tahlili. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2013.