Abstract
Ushbu maqola o‘zbek va ingliz mumtoz adabiyoti va ingliz kurtuaz adabiyotida ayol obrazi timsolida gavdalangan ilohiy ishq konsepsiyasining badiiy-falsafiy talqinini qiyosiy nuqtai nazardan tadqiq etadi. Unda o‘rta asr sharq tasavvuf she’riyati va Yevropa ritsarlik an’analarida ayol obrazi orqali ifodalangan muhabbatning ruhiy-transformativ mohiyati, uning inson kamolotidagi o‘rni va “erishib bo‘lmas ma’shuqa” motivining metafizik mazmuni tahlil qilinadi. Qiyosiy tahlil natijalariga ko‘ra, har ikki adabiy maktabda ayol obrazi nafaqat estetik ideal, balki ruhiy yuksalishni ta’minlovchi vositachi sifatida qaraladi. Shu bilan birga, tasavvufda ayol obrazi ilohiy jamolning teofanik tajassumi sifatida talqin etilsa, kurtuaz adabiyotida u ritsarning axloqiy yetuklikka erishishiga xizmat qiluvchi yuksak ideal timsoli sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqot natijalari Sharq va G‘arb o‘rta asr ma’naviy tafakkurining mushtarak universal arxetiplarini aniqlashga xizmat qiladi.
References
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 20 jildlik. 11-jild: Xamsa: Saddi Iskandariy. – Toshkent: Fan, 1993. – 727 b.
2. Goliba M. Turonning alp qizlari. – Toshkent: Yozuvchi, 1997. – 112 b.
3. Imamov K. O‘zbek xalq nasri. – Toshkent: Fan, 1981. – 103 b.
4. Muhibova U. Qadimgi Hindiston eposlarining janubiy Hindiston xalqlari adabiyotiga ta’siri // Sharq va G‘arb adabiyotini tarixiy-qiyosiy o‘rganish masalalari mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya materiallari. – Toshkent, 2024. – B. 32–36.
5. Saidov M. O‘zbek dostonchiligida badiiy mahorat. – Toshkent: Fan, 1969. – 178 b.
6. Yusupova D. A. Navoiy ijodida ayol siymosi // Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o‘rganish masalalari: xalqaro konferensiya materiallari. – 2023. – T. 4. – B. 191–196.
7. Абдураҳмонов А. Туркий халқлар оғзаки ижоди. – Тошкент, 2004. – 234 б.
8. Мирзаев Т. Алпомиш достонининг ўзбек версиялари. – Тошкент: Фан, 1979. – 384 б.
9. Мирзаев Т. Халқ бахшиларининг эпик репертуари. – Тошкент: Фан, 1979. – 152 б.