Abstract
Ushbu tezisda to‘lqin tarqalish tenglamasining teskari masalasi, ya’ni tenglama tarkibidagi noma’lum koeffitsiyentni chegaraviy yoki qo‘shimcha kuzatuv ma’lumotlari asosida aniqlash muammosi o‘rganiladi. Teskari masalalar zamonaviy matematik fizika, geofizika, akustika, tibbiy diagnostika, hamda elektromagnit to‘lqinlar nazariyasi kabi ko‘plab sohalarda muhim o‘rin tutadi. To‘lqin tenglamasi uchun asosiy to‘g‘ri va teskari masalalar, teskari muammoning qo‘yilishi, yechimning mavjudligi, yagona va barqarorligi shartlari, identifikatsiya metodlari, shuningdek sonli matematik usullar ko‘rib chiqilib, misollar orqali teskari masalaning fizik ma’nosi haqida fikr va mulohazalar yuritiladi va atroflicha bayon etiladi.
References
1. Lavrentyev M. Romanov G. Shishatskiy S.P. Operator usullari yordamida noto‘g‘ri qo‘yilgan masalalarni yechish. Moskva. Nauka 1980-yil.
2. Isakov V. Qisman hosilali differensial tenglamalar uchun teskari masalalar. Springer. 2006-yil.
3. Kirsch A. Teskari masalalar nazariyasiga kirish. Springer. 2011-yil.
4. Colton D. Kress R. Akustik va elektromagnit to‘lqinlar uchun teskari masalalar nazariyasi. Springer. 2013-yil.
5. Tikhonov N. Matematik fizikaning noto‘g‘ri qo‘yilgan masalalari haqida. SSSR Fanlar Akademiyasi ishlari. 1943-yil.