KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARINING RKI (RUS TILI – CHET TILI)NI O’RGANUVCHILANING MUSTAQIL ISHIDA TUTGAN O’RNI

Keywords

kompyuter texnologiyalari, RKI, mustaqil ish, “Uchite russkiy”, til muhiti, LinGo Play.

Abstract

Maqolada rus tilini chet tili sifatida (RKI) o‘rganishda mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etishda raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari ko‘rib chiqiladi. Globallashuv hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida masofaviy va gibrid ta’lim formatlari xorijiy tillarni o‘qitish metodikasida yanada dolzarb bo‘lib bormoqda. Kompyuter ilovalari, onlayn platformalar va raqamli ta’lim vositalarining integratsiyasi o‘quvchilarga shaxsiylashtirilgan ta’lim yo‘llarini yaratish imkonini beradi. Bu esa nafaqat tilni samarali o‘zlashtirishga, balki lingvomadaniy komponentni chuqurroq anglashga yordam beradi. Maqolada RKI ta’limida mustaqil ish uchun mos bo‘lgan metodlar, tashkiliy shakllar va raqamli texnologiyalar tahlil qilinadi.

References

Davidxo‘jayeva Sh.I., Abilxairova M. Rus tilini chet tili sifatida o‘qitishda loyihaviy faoliyat — innovatsion yondashuv. Barqaror Taraqqiyot va Rivojlanish Tamoyillari, 2023, №1, 164–167-betlar.

2. Zimnyaya I.A. Chet tilida gapirishni o‘rgatishning psixologik jihatlari. Moskva, 1989. 222 bet.

3. Sergiyenko N.V. Rus tilini chet tili sifatida o‘rgatishda kompyuter texnologiyalarining o‘rni. Jamiyat, pedagogika, psixologiya konferensiyasi materiallari. Cheboksary, 2020. 65–68-betlar.

5. Sh. R. Sheyxmambetov. Adabiyot o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. 2025.