Abstract
Mazkur maqolada qadimgi Sharq mutafakkirlarining barkamol inson haqidagi qarashlari, ushbu konsepsiyaning asosiy mezonlari, falsafiy, axloqiy va pedagogik talqinlari o‘rganiladi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Navoiy kabi allomalarning fikrlariga ko‘ra barkamol inson — bu aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan yetuk, ilmga chanqoq, jamiyatga foydali shaxsdir. Maqolada ushbu konsepsiyaning zamonaviy ta’lim tamoyillari, jumladan, kompetensiyaviy yondashuv, shaxsga yo‘naltirilganlik, uzluksiz ta’lim tizimiga uyg‘unligi tahlil qilinadi. Bundan tashqari, barkamol inson g‘oyasining o‘quv dasturlari, dars mazmuni, tarbiyaviy faoliyat va o‘qitish metodikasiga integratsiyalash imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi.
References
Forobiy A. Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Fan, 1993.
2. Ibn Sino A. Donishnoma. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 1980.
3. Beruniy A. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. – Toshkent: Fan, 1968.
4. Nizomulmulk. Siyosatnoma. – Toshkent: O‘zbekiston, 1991.
5. Jomiy A. Bahoriston. – Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1975.