Abstract
Ushbu tezis texnik yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalarga rus tilini o‘rgatishda geymifikatsiya mexanizmlaridan foydalanishning nutqiy faollikni oshirishdagi ta’sirini tahlil qiladi. Tadqiqot doirasida o‘yin elementlariga asoslangan topshiriqlarning talabalarning og‘zaki nutqni boshlash tezligi, leksik xilma-xillik va dialog davomiyligiga ko‘rsatgan ta’siri empirik ma’lumotlar asosida baholandi. Eksperimental mashg‘ulotlar natijalari shuni ko‘rsatdiki, ball yig‘ish, darajalar bo‘yicha o‘sish, vaziyatli mini-o‘yinlar va rolli dialoglar talabalarning muloqotga kirishishdagi ishonchini kuchaytirib, nutqiy jarayonlarda faolroq ishtirok etishiga yordam beradi. Tadqiqotning umumiy xulosalari gamifikatsiya texnik yo‘nalishlarda rus tilini o‘qitishda samarali motivatsion va didaktik vosita sifatida qo‘llanishi mumkinligini tasdiqlaydi.
References
1. Вербицкая.Л.А., & Сафонова, В. В. Геймификация в обучении РКИ. Русский язык за рубежом, 2020.
2. Kim.B.Gamification in Learning and Education. Educational Technology & Society, 2018.
3. Zainuddin.Z. The impact of gamification on learning outcomes. Educational Research Review, 2020.
4. Нефедова.Л.А. Игровые технологии в практике преподавания русского языка. Русский язык в школе, 2018.
5. Plass.J.Foundations of Game-Based Learning. Educational Psychologist, 2015.