BO‘LAJAK PEDAGOGLARDA TARBIYA DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISHNI KOMPITENIYASINI RIVOJLANTIRISH SHAKL VA METODLARI.
PDF

Keywords

kompetensiya, mexanizim, hamkorlik, uzluksiz, pedagogik, ma’suliyat, indikator, ommaviy axborot.

Abstract

“Tarbiya” fani o‘qituvchisining ijtimoiy kompetensiyasi ijtimoiy ish shakli bolib, u  aholi, kasbdoshlar,  o‘quvchilar  va  ularning  ota-onalari  bilan olib  boriladigan pedagogik mazmundagi ishlarda namoyon bo‘ladi. Biz professional “Tarbiya” fani o‘qituvchisi bilan  intuitiv,  ba’zida  esa  impulsiv  ravishda  yo‘l  tutuvchi,  shaxsiy  tajriba,  kasb  taqozosiga  asoslangan tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatayotgan fuqaro, odam o‘rtasidagi farq avvalo maqsadni  aniq bilish, natijalarni bashorat qilish, nazariy, uslubiy va texnologik tayyorgarlik, doimiy  maqsadli ish bilan bog‘liqligini, o‘z ustida ishlashda namoyon bo‘ladi. Mamlakatimizda  tarbiyaviy  ishlarni  hamda  pedagoglarda  ijtimoiy  kompetensiyalarni modernizasiyalashtirishning zarurati va mazmun mohiyati  O’zbekiston Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2019-yil  31-dekabrdagi  “Uzluksiz  ma’naviy  tarbiya  konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chor tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-sonli qarorida  asoslab berildi. Qarorga ko‘ra O’zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy- texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlarni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib  chiqqan holda, ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, fazilatlar asosida shakllantirish  talab etilmoqda. Ushbu maqolada Tarbiya fani o‘qituvchisi oldiga  ijtimoiy kompetensiyaning kognitiv  va operasional  komponentlari  ishtirokida ta’minlanuvchi  masala qo‘yildi.  Bu –  umumiy  o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlari asosida o‘quvchilarda yoshiga  mos  tayanch  ma’naviy-axloqiy  fazilat  (kompetensiya)lar  sifatida  Vatanga  sadoqat,  tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovasion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muayyan ma’naviy-axloqiy  kompetensiyalarni shakllantirish masalasi yoritilgan.

PDF

References

.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chor tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-sonli qarori

2.Aliev, A. "Pedagogik kompetensiya: Tushunchalar, tarkibi va rivojlanish yo'llari". "O'qituvchilik san'ati" jurnali, 1(1), 2019.

3.Asqarova, N. "Pedagogik kompetensiya: Zamonaviy talablar". "O'zbekiston maktabi" jurnali, 5(11), 2017.

4.Xummamatova, K.X. "bo'lajak pedagoglar kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning interfaol metodlari". Innovative Development in Educational Activities 3, no. 6, 2024.

5.Qosimov, M. "O'qituvchi kompetentligini rivojlantirishning metodologik asoslari".

6.Sotvoldiyeva, D.D. "ta`limda samaradorlik mezonida interfaol usullardan foydalanish".

7.Sharapov, M.M. "bolajak oqituvchilar tayyorlashning zamonaviy metodlari". 8.Mirova, M.A. "zamonaviy darslarda kompetensiya va ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish".