Abstract
Ushbu maqolada interyer dizaynining falsafiy va psixologik jihatlari, xususan, yorug‘lik va makon o‘zaro uyg‘unligi inson kayfiyatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilingan. Tadqiqot davomida yorug‘likning estetik, psixologik va texnologik qirralari o‘rganilib, uning makon idrokiga ta’siri ilmiy manbalar asosida asoslab berilgan. Muallif tomonidan Tanizaki Jun’ichiro, Gaston Bachelard, J. Flynn kabi olimlarning nazariyalari tahlil qilinib, zamonaviy dizayn amaliyotida “yorug‘lik falsafasi” konsepsiyasining ahamiyati yoritilgan. Maqolada tabiiy va sun’iy yorug‘likning uyg‘unlashuvi, rang harorati, energiya oqimi va inson ruhiy muvozanati o‘rtasidagi bog‘liqlik ilmiy asosda ko‘rsatib beriladi.Tadqiqot natijasida aniqlanishicha, yorug‘lik interyer dizaynining markaziy psixologik omili bo‘lib, u insonning ruhiy holatini barqarorlashtirish, tafakkur faolligini oshirish va makonni “tirik energiya”ga aylantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
References
1. Tanizaki Jun’ichiro. In Praise of Shadows. Tokyo, 1933.
2. Gaston Bachelard. La Poétique de l’espace. Paris, 1957.
3. Flynn J. Lighting and Human Mood. Journal of Environmental Psychology, 2015.
4. G‘ulomov A. Jahon san’ati tarixi. TDIU nashri, 2019.
2022.