ALISHER NAVOIYNING “SADDI ISKANDARIY” ASARIDA INSONIY XUSUSIYATLARNI IFODALOVCHI SO’ZLARNING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI
PDF

Keywords

Alisher Navoiy, “Saddi Iskandariy”, semantik tahlil, leksik tahlil, so’z boyligi, lingvistik tahlil, majoziy ma’no.

Abstract

Mazkur maqolada o’zbek adabiyoti va butun turkiy dunyo faxri, xamsanavislikning buyuk namoyondasi hisoblangan Mir Alisher Navoiyning “Xamsa” asarining yakunlovchi va, albatta, hajman eng yirik epik dostoni “Saddi Iskandariy” [“Iskandar devori”] asarida ayrim insonlarning tabiati va ruhiyat qirralari mazmuniy hamda ifodaviy jihatidan tahlil qilinadi. Navoiy ushbu dostonda o’zi va boshqalar uchun yetuk, mukammal bo’lgan shoh obrazini, Iskandar orqali boshqalarga yetkazishni maqsad qilgan va Iskandarni ta’riflash davomida so’zlardan shunday foydalanganki, durlar  navbat-navbat marjonga terilganga o’xshaydi. Shuningdek, bu maqolada “Saddi Iskandariy” asaridagi shaxslarning o’ziga xos bo’lgan bir qancha tavsiflarni, jumladan, inson o’zida qanday yaxshi jihatlarni jamlashi lozimligi, qanday o’ziga mos xarakterlar orqali yetuklikka, mukammalikka yetishi haqida so’z boradi. Doston shunchaki tarixiy voqealar bayoni emas, balki ideal jamiyat va mukammal inson haqidagi falsafiy qarashlarni ham o’zida mujassam etadi. Ta’kidlash joizki, Hazrat Navoiy “Saddi Iskandariy” asarida nafaqat Iskandar Zulqarnaynning xislatlari-yu odatlarini, balki boshqa odamlarni ham ta’riflab, ularga tasnif berib, ularni ham ruhlantirib borgan. Mazkur maqolada odomzodning ma’naviy olamiga xos fazilat va belgilarning leksik hamda semantik tahlili asosida shaxs mohiyatining  chuqur talqini ochib beriladi.

PDF

References

1. Navoiy asarlari lug’ati. –T.: G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va sa’nat nashriyoti, 1972.-784 b.

2. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. VIII jild. Xamsa, Saddi Iskandariy –T.: Fan nashriyoti, 1985.-511 b.

3. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. XX tomlik, X tom. Xamsa, Saddi Iskandariy –T.: Fan nashriyoti. 1987.

4. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar ro’yxati. Lison uy-tayr “Anbiyo zikr” bobidan –T.: G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va sa’nat nashriyoti,1983.

5. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. Munojot[.G.Ganieva tahrir] –T.: Kamalak[PDF.ZiyoUZ.]

6. Firdavsiy. Shohnoma.-T.: Tarjima nashriyoti, yozuvchi nashriyoti, 1989.

7. Imom Tabariy. “Tafsir at-Tabari” XXIII jild

8. Izoh.uz.-o’zbek tilining izohli lug’ati, 2025.