SHAHARSOZLIKDA TO’SIQSIZ MUHIT VA INKLYUZIV SHAHAR TUSHUNCHALARINING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
PDF

Keywords

inklyuziv shahar, to’siqsiz muhit, universial dizayn, shaharssozlik, kirish mumkinligi, ijtimoiy inklyuziya, ishtirokchi dizayn, shahar barqarorligi, tenglik, metodologik yondashuvlar.

Abstract

Ushbu maqolada shaharsozlikda to’siqsiz muhit va inklyuziv shahar tushunchalarining nazariy va metodologik asoslari tahlil qilinadi. Maqolada inklyuziv shaharni yaratishda insonning barcha toifalari, xususan, nogironligi bo‘lganlar, yoshlar, qariyalar va ijtimoiy jihatdan zaif guruhlar ehtiyojlari inobatga olinishi zarurligi ta’kidlanadi. Shu bilan birga, maqolada universial dizayn, erkin harakatlanish, ijtimoiy ishtirok va shahar makonida tenglik prinsiplari asosiy kontseptual tamoyillar sifatida keltiriladi. Tadqiqot davomida xalqaro standartlar, shaharsozlik bo‘yicha tavsiyalar va ilg‘or tajribalar o‘rganiladi. Metodologik jihatdan maqolada inklyuziv shaharni baholash va rejalashtirishda ishtirokchi dizayn, jamiyatga asoslangan baholash va makon tahlili kabi metodlar ko‘rib chiqiladi. Natijada, inklyuziv va to’siqsiz muhit yaratish faqat inshootlar va transport tizimi bilan cheklanmasdan, balki ijtimoiy barqarorlik, hamjihatlik va teng imkoniyatlarni ta’minlovchi shaharsozlik strategiyasi sifatida amalga oshirilishi zarurligi ta’kidlanadi.

PDF

References

1. A.Ashurov, A.Olimov. Toshkent shahrida shaharsozlik jarayonlarining ekologik oqibatlari. Yashil Iqtisodiyot va Taraqqiyot, DOI:10.5281/zenodo.17439321. 2025.

2. S.Akbarova, K.Akbarova. Inklyuziv ta’lim va uni oliy ta’lim muassasalarida joriy etish xususiyatlari. Maktabgacha va Maktab Ta’limi Jurnali, 2024-yil soni.

3. A.A.Xaitov. O‘zbekiston shaharlarida ekologik barqarorlik va urbanizatsiya muammolari. O‘zbekiston Arxitektura va Qurilish Jurnali, 2-son, 45–52-betlar.2023.

4. B.B.Mamatov. Barqaror shaharsozlik tamoyillari va ularning O‘zbekiston sharoitida qo‘llanilishi. Ijtimoiy Fanlar va Innovatsiyalar Elektron Jurnali, 3(6), 120–128. 2022.

5. D.S.Karimova. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz muhit yaratishning ijtimoiy-falsafiy asoslari. O‘zbekiston Falsafa Jamiyati Axborotnomasi, 1(4), 87–94. 2021.

6. T.N.Ismoilova. Inklyuziv dizayn konsepsiyasi va uning shaharsozlikda qo‘llanishi. Arxitektura va Dizayn Innovatsiyalari Jurnali, 2(3), 56–63. 2023.

7. Sh.A.Yo‘ldoshev. O‘zbekiston urbanizatsiya jarayonlarining ijtimoiy-falsafiy tahlili. Falsafa va Huquq, 3(2), 41–49. 2020.

8. R.I.Rasulov. Aholining ijtimoiy qatlamlari uchun qulay shahar muhiti yaratish konsepsiyasi. Ijtimoiy Taraqqiyot va Barqarorlik Jurnali, 9(1), 101–109. 2024.