Abstract
Dunyo bo`ylab eng dolzarb muammolardan biri bu- havoning keskin ifloslanishidir. Ushbu maqolada dunyo iqlimidagi jiddiy o`zgarishlar yuz berayotgani va bunday ifloslanish kabi muammolar insonlar hayotiga salbiy ta`sir o`tkazishi haqida fikr yuritilgan. Qolaversa, tobora jiddiylashib borayotgan bu muammoning yuzaga kelishiga sabab bo`lgan bir qancha omillar keltirilgan va ularning oldini olish uchun muqobil usullar tavsiya etilgan.