Abstract
Ushbu maqola so’nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan xotin-qizlarning huquqlarini va erkinliklarini ta’minlash,ularning jamiyatda tutgan o’rni va mavqeini
mustahkamlashga qaratilgan huquqiy islohotlarning tahliliga bag’ishlanadi.Maqolada
hozirgi davr nuqtayi nazaridan juda ham dolzarb bo’lgan muhim ilmiy-amaliy
ahamiyatga ega yo’nalishlardan biri xotin-qizlarga bo’lgan zo’ravonliklarni
kamaytirish va bu borada amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar hamda ular bilan
bo’g’liq muammolar ko’rsatib o’tilgan.Bundan tashqari,ushbu maqolada xotin-qizlar
uchun ijtimoiy-siyosiy sohada ta’lim,davlat boshqaruvi va iqtisodiyot kabi sohalarda
teng huquqiy imkoniyatlar yaratish uchun olib borilayotgan chora-tadbirlar haqidagi
ma’lumotlar o’rin olgan.Shuningdek,yuqorida sanab o’tilgan tizimlarda erishilgan
ijobiy natijalar bilan bir qatorda,haligacha amaliyotda uchrayotgan ayrim kamchiliklar
va ularga yechim sifatida ilmiy asoslangan taklif va mulohazalar keltirib o’tilgan
hamda so’ngi paytlarda mamlakatimizda qabul qilingan ayrim qonunlar jumladan
O’zbekiston Respublikasi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish
to’ g’risida”gi shuningdek, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquqiy imkoniyatlar
to’ g’risida”gi qonunlarning ahamiyati,ularning jamiyat hayotiga ta’siri va xotin-
qizlarning huquq va erkinliklar shuningdek,qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini
himoya qilishda tutgan o’rni tahlil etilgan.Bundan tashqari,yuqorida sanab o’tilgan
qonunlar orqali xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish va ularga
ijtimoiy,iqtisodiy,siyosiy va boshqa jarayonlarda faol ishtirok etishi uchun imkoniyat
yaratish maqsadida mustahkam huquqiy asos yaratilganligi ko’ rsatib o’tilgan.
References
1. “Xotin qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to’g’risida”gi qonun
2. “xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun
3. Inson huquqlari bo'yicha o'zbekiston respublikasi milliy
markaz rasmiy veb-sayti “jahon bankining “ayollar, biznes va qonun” indeksida
o‘zbekiston respublikasining o‘rnini yaxshilashga oid
chora-tadbirlar to‘g‘risida”qonun
4. yevropa kengashining istanbul konvensiyasi (yevropa kengashining ayollarga
nisbatan hamda oilalardagi zo‘ravonlik holatlarining oldini olish va unga qarshi
kurashish to‘g‘risidagi konvensiyasi
5. Ички ишлар вазирлиги: зўравонлик ҳолатлари бўйича
мурожаатлар таҳлили^^-avgust 2022-yil
6. https://adice.uz huquqiy axborot portali
7. Pulatova sh.a, murodov a.sh zo'ravonlikdan jabrlanganlar huquqlarini himoya qilish
va zo'ravonlikning oldini olish: uslubiy qo'llanma