Abstract
Mazkur maqolada tarixning ikki buyuk sarkardasi – Chingizxon va Amir Temurning harbiy strategiyalari, siyosiy boshqaruv uslubi va dunyo tarixiga ta’siri yoritiladi. Bundan tashqari ikki hukmdorning boshqaruv uslublaridagi o’xshashliklari va farqli jihatlarini ham tahlil qilinadi. Nima uchun ikki hukmdor halokatli yirik mag’lubiyatga uchramaganligi asoslab beriladi. Ularning siyosati va harbiy yurishlari keying asrlarda ham davlat boshqaruvi va urush taktikalari uchun muhim namuna bo’lib qolgan. Har ikki hukmdor o’z davrida tengsiz sarkarda sifatida tan olingan.