Abstract
Ushbu maqolada respublikamizda faoliyat olib borayotgan to‘qimachilik korxonalarda marketing faoliyatini takomillashtirish yuzasidan o‘tqazilayotgan tadqiqotlar natijalari yoritilgan. Xalqaro amaliyotda hozirgi vaqtda korxonalarning ko‘pchiligi o‘z taraqqiyotining konsepsiyasini, strategiyasini hamda dasturini ishlab chiqishi zarurligi ta’kidlanadi. Har qanday korxonaning uzoq muddatli yutuqlari ishlab chiqilgan strategiyaga bog‘liq bo‘ladi. Agar korxonaning rivojlanish strategiyasi bo‘lmasa u yoki bu xatoliklar bilan ishlab chiqilgan bo‘lsa, bu hol korxonaga bozorda barqaror va mustahkam o‘rin egallash uchun imkon bermaydi. Zamonaviy ilm-fan va amaliyot strategik rejalashtirish hamda boshqarishning katta tajribasiga ega, ammo ko‘pgina strategiyalar haligacha tashqi va ichki muhitning o‘zgaruvchan shart-sharoitlariga moslasha olmayapti. Bu hali hanuzgacha strategik boshqarishning barcha muammolari ham o‘z yechimini topmaganligini ko‘rsatadiki, bunday hol, birinchi navbatda, korxona rivojlanishi strategik barqarorligining mexanizmlarini ishlab chiqish bilan bog‘liqligini ko‘rsatmoqda
References
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik sanoatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-155-son farmoni.
2.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-158-son Farmoni.
3.Dahlen, Micael. Marketing Communications: A Brand Narrative Approach. Chichester, WestSussex UK: John Wiley & Sons Ltd, 2010. p – 36
4.Tuxtasinova, D. R. (2021). Scientific concepts of modern management. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(3).
5.Mamatqobilov Sh.N. Korxonalarni samarali boshqarishda marketing strategiyalaridan foydalanishni takomillashtirish. 08.00.13-Menejment, 08.00.11-Marketing. i.f.f.d. (Phd) dissertatsiyasi. TDIU. 2025-yil