BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI
PDF

Keywords

tafakkur, xulq-atvor, dunyoqarash, xotira, hissiy va ijtimoiy rivojlanish, individuallik, kreativlik, pedagagik mahorat, psixologik madaniyat, empatiya, muloqot, rag‘batlantirish va motivatsiya, interfaol metod.

Abstract

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari shaxs rivojlanishining eng muhim davrida turib, ularning psixologik, aqliy, ijtimoiy va hissiy o‘sish jarayonlari o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Ushbu davrda bola dunyoqarashi, tafakkur doirasi, xulq-atvori va o‘qishga bo‘lgan munosabati shakllana boshlaydi. Shu sababli, boshlang‘ich ta’lim jarayonini samarali tashkil etish o‘qituvchidan chuqur psixologik bilim, pedagogik mahorat va individual yondashuvni talab etadi.  

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yoshga xos psixologik xususiyatlari — tafakkur, xotira, e’tibor, hissiyot va motivatsiya jarayonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishida o‘qituvchining roli, dars jarayonida psixologik muhitni to‘g‘ri shakllantirishning ta’siri, hamda ta’lim samaradorligini oshirishda individual va interfaol metodlarning ahamiyati yoritiladi.  

Tadqiqotda bolalar tafakkurining ko‘rgazmali-harakatli bosqichdan mantiqiy tahlil darajasiga o‘tish jarayoni, ixtiyorsiz e’tibor va hissiy beqarorlik kabi yosh xususiyatlarining o‘qitish uslublariga ta’siri ko‘rsatib beriladi. Shu bilan birga, maqolada boshlang‘ich ta’limda o‘qituvchining psixologik madaniyati, empatiyasi va pedagogik kuzatuvchanligining ahamiyati tahlil etilib, zamonaviy ta’lim muhitida bolalarning o‘zini namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirish yo‘llari taklif etiladi.  

Ushbu ish natijalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlovchi pedagoglar, psixologlar va ta’lim metodistlari uchun amaliy tavsiyalar sifatida xizmat qilishi mumkin.  

PDF

References

Vygotskiy L.S. Psixologiya razvitiya rebenka. — Moskva: Pedagogika, 1984.

2. Elkonin D.B. Psixologiya obucheniya mladshix shkolnikov. — Moskva, 1996.

3. Xolbekov R. Pedagogika asoslari. — Toshkent: O‘qituvchi, 2015.

4. Karimova V.M. Bolalar psixologiyasi. — Toshkent: Fan, 2019.

5. Karimov B. “Zamonaviy pedagogikaning nazariy va amaliy asoslari”, 2022