Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek publitsistik matnlarida qo‘llanilayotgan antropomorfik metaforalarning kognitiv va pragmatik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda antropomorfik metaforalar insonning tana a’zolari, harakatlari, hissiyotlari kabi xususiyatlarning boshqa obyektlarga ko‘chirilishi orqali publitsistik matnlarning ta’sirchanligi va kommunikativ funksiyalarini oshirishdagi roli o‘rganilgan. Maqolada kognitiv va pragmatik tahlil usullari yordamida metaforalarning semantik, stilistik va ijtimoiy funksiyalari aniqlanib, ularning o‘zbek tilidagi publitsistik janrlardagi o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Iqtisodiy, siyosiy, madaniy, sport va tibbiyot sohalaridagi publitsistik matnlarda qo‘llanilgan metaforalar tahlili orqali ularning jamoatchilik fikrini shakllantirish va ijtimoiy ongga ta’sir qilishdagi samaradorligi ko‘rsatib berilgan.
References
1. Лакофф Г. и Джонсон М. (2020). Метафоры, которыми мы живем. Издательство Чикагского университета.
2. Schmitt M., Mackie D.M. Intergroup Relations: Insights from the Social Identity Perspective. – Psychology Press, 1999.
3. Gibbs R.W. The Poetics of Mind: Figurative Thought, Language and Understanding. – Cambridge: Cambridge University Press, 1994.
4. Ritchie L.D. Common Ground in Metaphor Theory: Continuing the Conversation // Metaphor and Symbol. 2004. Vol. 19 (3). – P. 233-244.