ARAB, O’RTA OSIYO HAMDA YEVROPA TILSHUNOSLIKLARINI TAHLIL QILISH

Abstract

Ushbu maqolada o‘rta asrlar davrida tilshunoslik fanining rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Asarda arab, O‘rta Osiyo, rus va Yevropa tilshunoslik maktablarining shakllanish jarayonlari, ularning asosiy ilmiy yo‘nalishlari va o‘zaro ta’siri yoritilgan. Arab tilshunosligining Qur’on tili asosida rivojlanishi, O‘rta Osiyo olimlarining (Al-Farobiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Alisher Navoiy va boshqalar) ilmiy merosi, shuningdek rus va Yevropa grammatik an’analarining shakllanishi haqida ma’lumotlar berilgan. Maqolada ushbu maktablarning o‘zaro aloqasi va zamonaviy tilshunoslik rivojiga qo‘shgan hissasi ham tahlil etilgan. Tadqiqot natijasida o‘rta asrlar tilshunosligi insoniyat ilmiy tafakkuri taraqqiyotida muhim o‘rin tutgani aniqlanadi.

PDF