Abstract
So‘nggi to‘rt yilda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini ta’minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, sohaga oid 25 ta qonunchilik hujjati qabul qilindi. Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tashkil etildi. Belgilansinki, Gender strategiyasini 2023 — 2030 yillarda bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun har yilda alohida-alohida kompleks chora-tadbirlar dasturlari tasdiqlanadi.Jamiyatning har tomonlama rivojlanishida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda bu masalaga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilib, 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi kabi muhim hujjatlar qabul qilingan. Ushbu maqolada farzandlarimizda gender tenglik madaniyatini kichik yoshdanoq shakllantirish, ularning ongida o‘g‘il va qiz bolalarga nisbatan hurmat, o‘zaro tushunish va tenglik tamoyillarini singdirish bugungi kun ta’lim-tarbiyasining dolzarb vazifalari haqida fikr yuritilgan.
References
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29 yanvar 2022 yildagi “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning tarakkiyot strategiyasi to‘grisida”gi PF60-sonli Farmoni.
2. Xolmatova, Z. (2021). Gendernoe obrazovanie v Uzbekistane–kriterii silo‘ semi. Obhestvo i innovatsii, 2(9G’S), 253–265.
3. Gaskell, Jane, and Arlene McLaren. Women and Education: A Canadian Perspective. Detselig Enterprises, Ltd., PO Box G399, Calgary, Alberta T3A 2G3., 1987.
4. Acker S. Special series on girls and women in education: Creating careers: Women teachers at work. Curriculum inquiry.
1992 Jun 1;22(2):141-63.
5. Stromquist NP. Women and education in Latin America. Lynne Rienner Publishers; 1992.
6. Fox MF. Women, science, and academia: Graduate education and careers. Gender & Society. 2001 Oct;15(5):654-66.
7. Hamdan A. Women and education in Saudi Arabia: Challenges and achievements. International Education Journal. 2005 Mar;6(1):42-64.