Abstract
Mazkur maqolada scaffolding[1] texnikasi yordamida talaba va o‘qituvchi o‘rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi. Skaffolding texnikasi, o‘qituvchining talabaga o‘qish jarayonida vaqtinchalik yordam ko‘rsatish va bosqichma-bosqich mustahkamlashtirishni o‘z ichiga oladi. Bu usul talabaning bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada bu metodning samarali qo‘llanilishi orqali o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, ishonch va hamkorlikni qanday yaxshilash mumkinligi ko‘rsatilgan. Maqola, o‘qituvchi talabaning hozirgi darajasiga mos ravishda yordam berishi, kerakli paytda mustahkamlashlarni amalga oshirishi va muammolarni hal qilishda talabaga o‘z kuchiga tayanishga imkon yaratishi zarurligini ta‘kidlaydi. Skaffolding texnikasi orqali talaba, mustaqil ravishda fikr yurita olish, murakkab vazifalarni bajara olish va o‘z o‘qish jarayonini boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. O‘qituvchi esa, bu jarayonni to‘g‘ri boshqarib, talabaning ishonch va bilimlarini rivojlantirishi mumkin. Maqola pedagogik amaliyotda scaffolding texnikasining talabalarga bilim olishda qanchalik samarali va muhim ekanligini ko‘rsatadi. Bu metod, o‘qituvchi va talaba o‘rtasida samarali munosabatlarni rivojlantirishda hamda ta‘lim jarayonini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.
[1] Scaffolding – inglizcha so‘z bo`lib, xorijiy tilni dastlabki bosqichida o‘rganayotgan talabada kechadigan qo‘rquvni yengishda o‘qituvchi tomonidan beriladigan ko‘mak ma’nosini bildiradi.
References
1. L. S. Vygotsky, (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Harvard University Press.
2. D.Wood, J. S.Bruner, & G.Ross, (1976). The Role of Tutoring in Problem Solving. Journal of Child Psychology and Psychiatry, 17(2), 89-100.
3. Tharp, R. G., & Gallimore, R. (1988). Rousing Minds to Life: Teaching, Learning, and Schooling in Social Context. Cambridge University Press.
4. Palincsar, A. S., & Brown, A. L.
5. G.Sh.Azizova, (2024). International Practices in Education and Pedagogical Solutions for Frustration in English Language Teaching Using Scaffolding Methods. “MODERN PARADIGMS IN LANGUAGE TEACHING” international scientific-practical conference NOVEMBER 23, 2024 “Ilm nuri print” MCHJ, Jizzax.