O‘QUVCHILARDA MOTIVATSIYANI OSHIRISHDA O‘QITUVCHI SHAXSINING ROLI
PDF

Keywords

: motivatsiya, o‘qituvchi shaxsi, ta’lim samaradorligi, psixologik omillar, pedagogik yondashuv, o‘quvchi faoliyati.

Abstract

Mazkur tezisda o‘quvchilarda motivatsiyani shakllantirish va rivojlantirish jarayonida o‘qituvchi shaxsining tutgan o‘rni tahlil qilingan. Ta’lim jarayonida o‘qituvchining shaxsiy fazilatlari, kasbiy mahorati va pedagogik yondashuvlari o‘quvchilarni bilim olishga undovchi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, motivatsiyani oshirishning psixologik va pedagogik asoslari, zamonaviy metodlar hamda o‘qituvchining shaxsiy namunasining ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqot natijalari o‘qituvchi shaxsining yuqori darajadagi ijobiy munosabati, samimiyligi va kasbiy yetukligi o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasini kuchaytirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. Ushbu xulosalar ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarda bilimga qiziqish uyg‘otish hamda ta’lim tizimida motivatsion muhitni shakllantirish uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.

PDF

References

1. Абдуллаев, Қ. Педагогика назарияси ва амалиёти. – Тошкент: Фан, 2019.

2. Жўраев, М. Таълимда мотивация ва инновацион технологиялар. – Самарқанд: СамДУ нашриёти, 2021.

3. Ганиева, Д. Ўқувчи шахсини ривожлантиришда ўқитувчининг ўрни. // Педагогик тадқиқотлар журнали. – 2020. – №4. – Б. 45–52.

4. Қодирова, З. Таълим жараёнида шахслараро мулоқот ва мотивация. – Тошкент: Ўқитувчи, 2018.

5. Юсупов, М. Педагогик психология. – Тошкент: Фан ва технология, 2017.