Abstract
Insoniyat butun hayoti davomida faqat va faqat tarraqqiyot sari intilgan. Ammo bu rivojlanish yo’lida doim bir zanjir uzilib qolar edi: bu – ayol edi. Hatto bugungi kunda gender tengligi – inson huquqlari va taraqqiyotning ajralmas qismiga aylangan bo’lsa-da, insoniyat hamon bu tenglikni to’la-to’kis ta’minlashda oqsamoqda. Ayollarni kamsitish, har sohada huquqlarining cheklanishi va faqat uy ishlari bilan mashg’ul bo’lishlariga majburlash holatlari ko’pchilik mamlakatlarda ayni damda ham uchrashi achinarli, albatta.
Gender tengligi – ikki jins vakillarining bir xil huquqqa ega ekanligini anglatibgina qolmasdan, ularga hurmat va qaror qabul qilish erkinligini berish demakdir.
Ushbu maqolada gender tengligining asosiy roli, uni ta’minlashda jasorat ko’rsatgan ayollar va bu tenglikni ta’minlashda O’zbekistonda olib borilayotgan islohotlar haqida so’z yuritiladi.