Abstract
Mazkur maqolada chet tillarini o‘rganishning inson xotirasiga ta’siri psixologik va neyropsixologik nuqtayi nazardan tahlil etilgan. Xotira turlari — qisqa muddatli, uzoq muddatli hamda ishchi xotira ta’rifi berilib, til o‘rganish jarayonida ularning faoliyati qanday kuchayishi ilmiy dalillar asosida yoritilgan. Maqolada chet tillarini bilish insonning diqqatini jamlash, ijodkorlikni oshirish va assotsiativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirishi qayd etilgan. Shuningdek, ko‘p tillilikning keksalik davrida demensiya va Altsgeymer kasalligi xavfini kamaytirishi bo‘yicha xalqaro tadqiqotlardan misollar keltirilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, chet tillarini o‘rganish nafaqat kommunikativ ehtiyoj, balki inson miyasi salomatligi va intellektual rivoji uchun ham zarur omil hisoblanadi.
References
1. Bialystok, E. (2010). Bilingualism and cognitive development. Psychology Press.
2. Wikipedia.uz