Abstract
Masofaviy ta’lim bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining nazariy-ilmiy asoslarini o‘rganish jarayonida shuni kuzatish mumkinki, mazkur soha bo‘yicha turlicha manbaalarda masofaviy ta’lim tushunchasiga turlicha ta’riflar berilgan. “Masofaviy ta’lim” va “masofaviy o‘qitish” atamalari o‘tgan asrning 90-yillaridan, ya’ni masofaviy ta’lim tizimi shakllangan vaqtdan boshlab, muntazam qo‘llaniladigan bo‘ldi. Ayni vaqtda masofaviy ta’lim tizimi takomillashgan bo‘lishiga qaramay, “masofaviy ta’lim” va “masofaviy o‘qitish” kabi atamalarning mohiyati borasida turlicha ilmiy qarashlar mavjud. Biz aralash ta’lim jarayoniga masofaviy o‘qitish tizimining tatbiq etishda quyidagi ta’rif va terminlarga duch kelamiz.
References
1. Xasanov, A. S. (2022). Masofaviy va aralash ta’limni tashkil etishning pedagogik va texnologik asoslari. Samarqand: Samarqand Davlat Universiteti nashriyoti.
2. Sharipova, M. T., & Tursunov, K. B. (2021). “COVID-19 pandemiyasi davrida masofaviy ta’limning ahamiyati va qiyinchiliklari.” Ta’lim va Ilmiy Tadqiqotlar Jurnali, 10(4), 33-40.
3. Xolmirzaev, A. Q., & Axmedov, S. B. (2020). “Raqamli texnologiyalar yordamida aralash ta’lim usullarining rivojlanishi.” Axborot Texnologiyalari Ilmiy Jurnali, 7(2), 65-72.
4. Yuldasheva, Z. O. (2021). Masofaviy ta’lim tizimining pedagogik asoslari va o‘zbek ta’lim tizimiga tatbiqi. Toshkent: Universitet nashriyoti.
5. Bobojonov, I. (2021). “Aralash ta’lim modellarini tatbiq etishning asosiy yo‘nalishlari.” Oliy Ta’lim Metodik Jurnali, 16(3), 22-29.
6. Nishonov, B. U., & Raxmatov, T. (2022). “Masofaviy ta’lim texnologiyalarining oliy ta’limda qo‘llanilishi: imkoniyatlar va muammolar.” Ta’lim Rivoji Jurnali, 12(1), 13-21.