AERODINAMIK TRUBADA O‘LCHOV TIZIMLARINI KALIBRLASH USULLARI TAHLILI
PDF

Keywords

Aerodinamik truba, kalibrlash usullari, statik kalibrlash, dinamik kalibrlash, o‘lchov tizimi, sensorlar, kompyuter modellashtirish, aniqlik, CFD, oqim parametrlarini o‘lchash.

Abstract

Mazkur maqolada aerodinamik trubalarda qo‘llaniladigan o‘lchov tizimlarini kalibrlash usullari har tomonlama tahlil qilinadi. Aerodinamik truba — bu gaz (odatda havo) oqimining tezligi, bosimi va yo‘nalishini tajriba yo‘li bilan o‘lchashga imkon beruvchi inshoot bo‘lib, u har xil jism shakllarining oqimdagi harakatiga oid parametrlarni aniqlashda muhim vosita hisoblanadi. O‘lchov tizimlarining aniqligi esa to‘g‘ri kalibrlashga bevosita bog‘liq. Tadqiqot davomida statik, dinamik va kompyuter modellashtirish asosidagi kalibrlash usullari o‘zaro taqqoslanib, ularning texnik imkoniyatlari, aniqlik darajasi, amaliy qo‘llanish shartlari va iqtisodiy samaradorligi o‘rganildi. Kalibrlash jarayonida uchraydigan muammolar — turbulentlikning ta’siri, sensorlarning degradatsiyasi va tashqi omillar natijasida yuzaga keladigan sistematik xatoliklar ham yoritildi. Maqolada shuningdek, zamonaviy avtomatlashtirilgan va integratsiyalashgan kalibrlash usullarini joriy etish bo‘yicha takliflar ham bayon etilgan. Tadqiqot natijalari aerodinamik trubalarda o‘lchov tizimlari ishonchliligini oshirish va aniqlikni yaxshilashga xizmat qiladi.

PDF

References

1. Pope, A., & Goin, L. (1965). High-Speed Wind Tunnel Testing. John Wiley & Sons.

2. Schlichting, H. (1979). Boundary Layer Theory. McGraw-Hill.

3. Bruun, H. H. (1995). Hot-wire Anemometry: Principles and Signal Analysis. Oxford University Press.

4. Miller, C. J., & Munson, B. R. (2000). "Dynamic Calibration Techniques for Pressure Transducers in Wind Tunnel Testing", AIAA Journal, 38(9), 1585–1592.

5. Ferziger, J. H., & Perić, M. (2002). Computational Methods for Fluid Dynamics. Springer.

6. Choudhury, D. (2005). "Application of the Reynolds Stress Model in Complex Flow Simulations", Fluent Technical Notes.

7. Lee, S., & Cho, H. (2019). "AI-based Automatic Calibration of Pressure Sensors in Wind Tunnels", Journal of Sensors and Systems, 8(2), 112–121.