Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida ta’lim va tarbiya jarayonlarini uzviy integratsiyalashning dolzarb jihatlari tahlil etilgan. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida o‘quvchilar shaxsini har tomonlama shakllantirish, ularning bilim, ko‘nikma va qadriyatlarini uyg‘un rivojlantirish zarurati asoslab beriladi. Integratsiyalashgan yondashuv orqali dars jarayonida nafaqat akademik bilimlar, balki axloqiy, estetik, ijtimoiy-siyosiy qarashlar ham shakllanishi ta’kidlanadi. Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar, O‘zbekiston ta’lim siyosatidagi islohotlar va milliy qadriyatlarga asoslangan tarbiya elementlarini uyg‘unlashtirish usullari ko‘rib chiqiladi. Maqola boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, metodistlar hamda ta’lim sohasidagi tadqiqotchilar uchun metodik va nazariy ahamiyatga egadir.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent: Adolat, 2020.
2. O‘zbekiston – 2030 strategiyasi: Rasmiy hujjat. – Toshkent, 2023.
3. Boshlang‘ich ta’lim davlat ta’lim standarti. – Toshkent: VAZ, 2022.
4. Nuraliyeva M.X. “Nutq madaniyati asoslari”. – Toshkent: Fan, 2021.
5. G‘ulomov N. “Pedagogik texnologiyalar”. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020.
6. Sodiqova D.J. “Bolalarda dialogik nutqni o‘rgatish”. – Samarqand: Ilm ziyo, 2023.
7. Raxmonqulova Z. “Boshlang‘ich ta’limda integrativ yondashuv asoslari”. – Toshkent: Ilm, 2022.