Abstract
Maqolada boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari, didaktik asoslari hamda amaliy samaradorligi yoritilgan. Tadqiqotda interfaol metodlar o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, ijodiy yondashuvi, o‘z fikrini asoslab berish, guruhda ishlash, muammoni hal qilish kabi kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi.
Matematika darslarida "Insert", "Aqliy hujum", "Klaster", "Juftlikda ishlash", "Bahs-munozara", "Bumerang", "Qaror qabul qilish", "Rol o‘ynash", "Bir daqiqa ichida javob ber" kabi interfaol metodlarning qo‘llanishi orqali o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, tahliliy yondashuv, faollik va bilimga bo‘lgan qiziqish ortishi kuzatilgan.
Shuningdek, maqolada dars mazmunini interfaol metodlar asosida tashkil qilishda o‘qituvchining metodik tayyorgarligi, darsda samarali muhit yaratish, individual va differensial yondashuvning ahamiyati alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Tahlil va kuzatuv natijalari asosida boshlang‘ich ta’lim tizimida matematik savodxonlikni oshirishda interfaol metodlarning samaradorligini ta’minlovchi omillar aniqlangan va amaliy tavsiyalar berilgan.
References
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
2. O‘quvchilarning matematik tayyorgarligini oshirishda zamonaviy metodlar. – Toshkent: O‘qituvchi, 2021.
3. Mirzayeva S., Tursunova G. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. – Toshkent: TDPU, 2019.
4. Po‘latov Sh., Qosimova G. Boshlang‘ich sinfda fanlarni o‘qitishda innovatsion metodlar. – Samarqand: SamDU, 2020.
5. Musurmonova O. Matematika o‘qitishda didaktik o‘yinlardan foydalanish. – Ilm-fan, 2022.
6. Ganieva D.R. Interfaol o‘qitish texnologiyalarining pedagogik asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2017.