SURXONDARYO O‘SIMLIKLARIDA UCHRAYDIGAN ODDIY VA MURAKKAB AROMATIK MODDALARNING BIOSINTEZI VA AJRATISH MEXANIZMLARI
PDF

Keywords

Surxondaryo florasi, aromatik moddalar, biosintez, efir moyi, terpelenlar, ultratovushli ekstraksiya, superkritik CO₂, gaz xromatografiyasi, organik birikmalar, “yashil kimyo”.

Abstract

Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati hududida o‘suvchi xushbo‘y o‘simliklar tarkibida uchraydigan oddiy va murakkab aromatik moddalar - masalan, terpelenlar, spirtlar, aldegidlar, efirlar va boshqa uchuvchi organik birikmalarning biosintezi va ajralish mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot doirasida mazkur moddalar o‘simliklarning metabolik yo‘llari orqali qanday shakllanishi, ularga ta’sir etuvchi agroekologik omillar va ularning kimyoviy tarkibi bo‘yicha ilmiy tahlillar olib borildi. Xususan, Surxondaryoning tog‘li va etak mintaqalarida uchraydigan Mentha longifolia, Ocimum basilicum, Rosa canina kabi o‘simliklar namunalarida aromatik moddalarning ajralib chiqish jarayonlari gaz xromatografiyasi (GC-MS) asosida tahlil qilindi. Shuningdek, maqolada bu moddalarni ajratib olishda qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalar — ultratovushli ekstraksiya, superkritik CO₂ ekstraksiyasi hamda bug‘li distillatsiya usullarining samaradorligi o‘zaro solishtirib o‘rganildi. Tadqiqot natijalari ushbu o‘simliklarning farmatsevtika, kosmetika va oziq-ovqat sanoatidagi amaliy ahamiyatini ochib beradi. Maqolada ekologik toza va energiya tejamkor ajratish usullarini qo‘llash orqali Surxondaryo florasidan raqobatbardosh tabiiy aromatik moddalar olish imkoniyatlari haqida xulosa chiqariladi.

PDF

References

1. Karimov R.K., Abdullayev A.A. O‘zbekistonda efir moyli o‘simliklar va ularning ahamiyati. – Toshkent: Fan, 2020. – 212 b.

2. Rajabov B.O. Dorivor o‘simliklar kimyosi va farmakologiyasi. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2018. – 175 b.

3. Tursunov Sh.S., Mamadaliyev A.M. Aromatik birikmalar kimyosi. – Toshkent: O‘zMU, 2019. – 190 b.

4. Mamedov M.M. Essential oils: Chemical composition and biological activity. – Moscow: Nauka, 2017. – 236 p.

5. Adams R.P. Identification of Essential Oil Components by Gas Chromatography/Mass Spectrometry. – 4th ed. – Illinois: Allured Publishing Corporation, 2007. – 804 p.

6. Sarker S.D., Latif Z., Gray A.I. Natural Products Isolation (Methods in Biotechnology). – New Jersey: Humana Press, 2006. – Vol. 20. – 357 p.

7. Бакриев Ш.Т., Хамраев Ш.А. Фитоэкстракция ва фитохимиянинг инновацион усуллари. – Тошкент: Иқтисод-Молия, 2021. – 148 б.