Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy taʼlim tizimida raqamli taʼlim muhitini shakllantirishning nazariy asoslari va amaliy talablari tahlil qilingan. Muallif raqamli taʼlimni samarali tashkil etishda taʼlim muassasalarining mavjud sharoitlari va moddiy-texnika bazasining ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratadi. Xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) joriy etilishi, internet infratuzilmasining mavjudligi, elektron taʼlim resurslari bilan taʼminlanganlik darajasi hamda o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun yaratilgan texnik qulayliklar keng qamrovda ko‘rib chiqiladi. Maqolada raqamli taʼlimni samarali joriy etish uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani shakllantirishga oid tavsiyalar ham berilgan. Shuningdek, taʼlim jarayonining raqamlashtirilishi orqali o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish kompetensiyalari va axborot savodxonligini oshirish imkoniyatlari yoritilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–6079-sonli farmoni. 2020-yil 5-oktabr.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2021). “O‘quvchilarning raqamli savodxonligini oshirish va ta’lim tizimini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, №149.
3. Karimov, A., & Jo‘rayev, B. (2022). “Raqamli ta’lim texnologiyalari va ularni umumta’lim muassasalarida joriy etish muammolari”. Pedagogik ta’lim jurnali, 4(2), 56–61.
4. Tursunova, D. (2021). “Raqamli ta’lim: muammo va yechimlar”. Axborot texnologiyalari va ta’lim ilmiy-amaliy jurnali, №3, 24–29.
5. Abdullayeva, Z. (2023). “Ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini zamonaviylashtirish istiqbollari”. Oliy ta’lim muammolari ilmiy jurnali, №2, 17–21.