WEB ASOSIDA TASHKIL ETILGAN TA’LIM JARAYONIGA DOIR O‘QITUVCHILARNING QARASHLARI
PDF

Keywords

Web, veb asosidagi o‘qitish, suhbat.

Abstract

Ushbu tadqiqotda veb asosli o‘qitishga (WAO – Web-Asosli O‘qitish) nisbatan o‘qituvchilarning qarashlari, tajribalari va bu uslubga bo‘lgan yondashuvlarini aniqlash maqsad qilingan. Tadqiqot davomida o‘qituvchilarning WAOga nisbatan fikr va mulohazalari chuqur o‘rganildi. Shu maqsadda to‘plangan ma’lumotlar sifat tahlili doirasida, aniqrog‘i – mazmuniy tahlil (content analysis) usuli orqali tahlil qilindi. Bu uslub o‘qituvchilarning fikrlarini mavzular bo‘yicha guruhlash, takrorlanuvchi mazmunlarni aniqlash hamda chuqur semantik anglash imkonini berdi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, aksariyat o‘qituvchilar WAO uslubini zamonaviy ta’lim jarayonida muhim va foydali yondashuv deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, bu model darslarni yanada interaktiv, talaba markazli va qulay tarzda tashkil etish imkonini beradi.  Biroq, shunga qaramay, o‘qituvchilarning ko‘pchiligi veb asosli o‘qitishga to‘laqonli integratsiya bo‘lishi uchun ularning texnologik savodxonligi, metodik tayyorgarligi hamda amaliy ko‘nikmalari yetarli darajada emasligini qayd etishgan. Ularning bir qismi yangi texnologiyalarni qo‘llashda qiynalishlarini, ba’zida dars sifati va samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi texnik muammolar bilan to‘qnash kelayotganliklarini bildirganlar. Shuningdek, veb platformalar orqali samarali baholash, o‘quvchini faol ishtirokga jalb qilish va bilimni chuqur o‘zlashtirishga yo‘naltirish bo‘yicha metodik yordam va treninglarga ehtiyoj borligi aniqlangan.

PDF

References

1. Clewley, R. J., Chen, S. Y., & Liu, X. (2011). Evaluation of adaptive web-based learning systems: A review. Technology, Pedagogy and Education, 20(3), 267–285.

2. Cüez, M. (2006). Web destekli Oğretim tasarımı. Altunçekiç & Aksu (Der.), Eğitim Teknolojileri Kitabı, Ankara.

3. Faul, A. C., Frey, A. J., & Barber, R. (2004). The effects of web-assisted instruction in a social work research methods course. Social Work Education, 23(1), 105–118.

4. Floyd, D. L., Hughes, P., & Maydosz, A. S. (2011). Online vs. traditional course evaluation: Differences in student feedback. The Journal of Educators Online, 8(1), 1–11.

5. Hsu, L., Yeh, Y., & Yen, Y. (2009). Development of an attitude scale toward web-based learning. Computers in Human Behavior, 25(2), 207–213.

6. Kearns, L. R., Shoaf, L., & Summey, H. (2006). Performance and satisfaction of second-degree BSN students in web-based and face-to-face learning environments. Journal of Nursing Education, 45(12), 547–553.

7. Kruse, K. (2009). The benefits and drawbacks of e-learning. eLearning Industry Journal.

8. Liaw, S. S. (2005). Investigating students’ perceived satisfaction, behavioral intention, and effectiveness of e-learning: A case study of the Blackboard system. Computers & Education, 51(2), 864–873.

9. Mioduser, D., Nachmias, R., Lahav, O., & Oren, A. (2000). Web-based learning environments: Current pedagogical and technological state. Journal of Research on Computing in Education, 33(1), 55–76.

10. Seok, S., DaCosta, B., Kinsell, C., & Tung, C. (2010). Comparison of instructors’ and students’ perceptions of the effectiveness of online courses. Quarterly Review of Distance Education, 11(1), 25–36.