Abstract
Ilm — insoniyat taraqqiyotining asosiy poydevoridir. Har bir rivojlangan jamiyatning ildizida kuchli ta’lim tizimi va ilmga chanqoqlik yotadi. Biroq, bugungi globallashuv sharoitida nafaqat ilm olish, balki ilmni to‘g‘ri tushunish va to‘g‘ri yetkazish ham muammoga aylangan. Afsuski, ilm olish jarayoni ko‘p hollarda noto‘g‘ri yondashuvlar, tizimdagi bo‘shliqlar yoki shaxsiy befarqliklar bilan to‘qnash kelmoqda. Ushbu maqolada jamiyatdagi ilm olishdagi keng tarqalgan xatoliklar, ularning sabablari, va bu muammolarni bartaraf etish yo‘llari atroflicha tahlil qilinadi.