Abstract
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 28 dekabrda Parlamentga qilgan Murojaatnomasida “Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytishga alohida e’tibor qaratishimiz kerak” deb ta’kidladi [1]. Bu bejizga aytilmadi, albatta. Zero, xalqimiz, ayniqsa millatning kelajagi bo‘lgan yoshlar buyuk ajdodlar tarixini qanchalar ko‘p o‘rgansa, ularning hayoti va faoliyatidan ibrat va saboq olib yashasa, qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulari jo‘sh urib, el – u yurtga bo‘lgan muhabbati yanada ortadi. Bu ezgu ishlarni amalga oshirishda esa xalqimiz tarixida o‘tgan ko‘plab buyuk siymolar qatorida, Sohibqiron Amir Temur qadriyatini o‘rganish ham muhim ijtimoiy – siyosiy va ma’naviy ahamiyat egadir.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 28 dekabrda Parlamentga qilgan Murojaatnomasi https://prezident.uz/uz/lists/view/3324
2. Sultonov K. Amur Temurga munosib vorislar. Metodik qollanma. T.: “Yangi nasr”, 2014. 88 b.
3. Temur Tuzuklari. So‘zboshi muallifi va mas’ul muharrir M.Ali, forschadan tarj. A.Sog‘uniy va H.Karomatov. – Toshkent: Sharq, 2005. 160 b.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2016 yil 14 dekabr Oliy Maglis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma maglisidagi nutqi. https://uza.uz/oz/posts/o-zbekiston-respublikasi-prezidenti-lavozimiga-kirishish-tan-14-12-2016. [4].