Abstract
Ushbu maqolada O`zbekiston Respublikasida sud ishlari yuritish til prinsipi va tarjimon xizmatlarining tushunchalari hamda huquqiy asoslari o`rganiladi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik protsessual kodeksi va Jinoyat-protsessual kodeksida sud ishlari yuritish tili bo`yicha normalar belgilangan bo`lib, ularning amaliyotda qo`llanilishi va mavjud muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada sud ishi yuritiladigan tilni bilmaydigan shaxslarga tarjimon xizmatlarining bepul taqdim etilishi hamda ushbu xizmatning sifatini ta`minlash masalalari yoritiladi. Tadqiqotda xorijiy tajribalar o`rganilib, O`zbekiston uchun qo`shimcha takliflar ishlab chiqilgan. Ushbu maqola sud tizimidagi til huquqlari va tarjimon xizmatlarining samaradorligini oshirish borasidagi dolzarb masalalarni qamrab olgan.