Abstract
Hunarmandchilik – nafaqat san’at, balki sabr-toqat, mehnat va insonning yuksak didi timsolidir. Bu soha xalq ijodining bir qismi bo’lib, unda millatning tarixi, urf – odatlari va ma’naviy dunyosi aks etadi. Bugungi globallashuv davrida ushbu merosni ommalashtirish va yangi avlodga yetkazish dolzarb hisoblanadi. Bugungi kunda ayollar bu sohada faol bo’lib, o’z ijodi va qo’l mehnati orqali nafaqat oilasiga shu bilan birga jamiyatga ham foyda keltirmoqda. Hunarmandchilik ayollar uchun o’zini nomoyon qilish, moliyaviy erkin bo’lish, hamda jamiyatda o’z munosib o’rnini topishning muhim vositasiga aylanmoqda.