Abstract
Oʻzbekistonning 2030-yilgacha boʻlgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasini ta’minlashda barqaror rivojlanishga erishish vositalari hisoblangan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik komponentlarni oʻzaro muvofiqlashtirish murakkab vazifa hisoblanadi. Iqtisodiy va ijtimoiy komponentlar jamiyat oldiga bir avlod mobaynida adolatga erishish va aholining kambagʻal guruhlariga maqsadli yordam koʻrsatish kabi yangi vazifalarni qoʻymoqda. Iqtisodiy va ekologik komponentlarning atrof-muhitga tashqi ta’siri qiymatini baholashning zarurligi bilan bogʻliq yangi gʻoyalar va yondoshuvlarning shakllanishiga olib keldi. Barqaror iqtisodiy rivojlanishning ijtimoiy va ekologik komponentlari esa avlodlar ichida va avlodlar oʻrtasida tenglikni ta’minlash kabi masalalarning dolzarbligini yanada oshirmoqda.
References
1. Abduvoxidov, A. "Toshboyev B. O ‘zbekistonning yashil energiya salohiyatini oshirish yo ‘nalishlari." Iqtisodiyot va taʼlim 24.6 (2023): 357-363.
2. Абдувахидов, А. А. "Аграр секторда инновацион тадбиркорликни ривожлантиришнинг йўллари." BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI 2.10 (2022): 9-12.