YERLARNING MELIORATIV HOLATINI YAXSHILASHDA BIOMELIORATIV O‘SIMLIKLARNING AFZALLIKLARI.
PDF

Keywords

sug‘oriladigan yerlar, azolla, exorniya, pistiya, xlorella, faol qatlam, kollektor-zovur, oqova suv, tashlama suv, zax qochirish, sug’orish texnologiyasi.

Abstract

Tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq  xo‘jaligi ekinlaridan yanada ko‘proq hosil olish uchun ham yerlarning meliorativ holatiga alohida e’tibor berilishi shart. Axir qadimda ota – bobolarimiz aytishganku: «sen yerga qarasang  - yer ham senga  qaraydi».  Respublikamizning umumiy yer maydoniga nisbatan sug‘oriladigan maydoni 9,3% ni tashkil qiladi. Sug‘oriladigan yerlarning 55-60% sho‘rlangan va botqoqlashgan, 50% eroziyalangan 10-12% gipsli, korbonatli, tuproqlardan iborat. Shu bilan birga sug‘oriladigan yerlar tarkibida juda unumsiz qum va qumloq, toshloq, shag‘al tuproqlar ham keng tarqalgan.  Melioratsiya vazifasiga ko‘ra 4 tur (sug‘orish, zax qochirish, chuchuklashtirish, eroziyaga qarshi kurashish)ga,  bajaradigan ishiga qarab esa  agrotexnik, gidrotexnik, biomelioratsiya, o‘rmon, kimyoviy, madaniy – texnik,  issiqlik, suv melioratsiyasi va boshqa ko‘plab turlarga bo‘linadi. Biomelioratsiya -  yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda, chiqindi suvlarni tozalashda qo‘llaniladi. Bunda yerlarga tabiiy o‘simliklarni yetishtirgan holatda,  sug‘orishda beriladigan suvda biologik o‘simliklarni qo‘shgan holatda, yoki chiqindi va zax qochirish suvlarini tozalash holatlarda ishlatiladi. Xulosa qilib aytganda, ushbu suv o‘simliklarning barcha turlari bilan hozirgi kunda oqova suvlarni tozalashda hamda kollektor – zovur suvlarining minerallik darajasini pasaytirishda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Bu o‘simliklarning yana bir xususiyati shundan iboratki  ularni suv bilan aralashtirilib sug‘orishda ishlatilganda tuproqdagi namlikni bir qancha muddatda  ushlab tura oladi va natijada tuproqda o‘g‘it vazifasini bajaradi.

PDF

References

1. З.З.Ҳакимова, М.И.Мустафоева “Развитие фитопланктонов в зависимости от сезона года в прудах очистительных сооружений” Журнал “Агропроцессинг” 10.26739/21819904 6-сон 2-жилд Ташкент. 2020 йил 35-37 б.

2. Z.Z.Hakimova, M.I.Mustafoyeva “Ecofloristic analysis of natural algae population of reservoirs used as biological ponds of Bukhara city.” Central Eurasian studies society international scientific – online conference on innovation in the modern education system. Washington – 2021 (March) 216-219p.

3. З.З.Ҳакимова Н.Дурдиев “Эффективность использования бытовых сточных вод при выращивании культуры индигоферо.” Global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslaridan samarali foydalanish mavzusidagi xalqaro ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumani. 30.04.2025-y. 268-271-b.139-142с.

4. Z.Z.Hakimova, G.H.Maxsudova “Indigofero ekinini yetishtirishda maishiy oqova suvlaridan foydalanish samaradorligi.” Suv xo‘jaligini barqaror rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarning ahamiyati mavzusidagi xalqaro ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumani maqolalar to‘plami 24-25-mart. 2025 yil. 62-65 bet.

5. Khudaev, I., & Fazliev, J. (2022). Water-saving irrigation technology in the foothill areas in the south of the Republic of Uzbekistan. Sovremennыe innovatsii, sistemы i texnologii, 2(2), 0301-0309.

6. J.Fazliyev. “MODERN IRRIGATION METHODS FOR GARDENS” iScience № 22 2g. Pereyaslav - Khmelnitsky. Ukraine 2018, №22, 24-26 r.

7. J.Fazliyev. «TECHNOLOGY OF THE DRIP IRRIGATION USE IN GARDENS AND VINEYARDS» Put nauki The way of science international scientific journal № 11 (57), 2018

8. Xalilov J.M. Intensiv bog‘ qator oralariga ishlov beruvchi mashinalar va ularning ahamiyati. “Yuqori samarali qishloq xo‘jalik mashinalarini yaratish va texnika vositalaridan foydalanish darajasini oshirishning innovatsion yеchimlari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-texnik konferensiya ilmiy maqolalar to‘plami. – Gulbahor, – 2022. – B. 89-91