Abstract
Urbanizatsiya jarayonining jadallashuvi shahar hududlarining yangilanishi va qayta tashkil etilishini zaruratga aylantirmoqda. Xususan, tarixiy jihatdan shakllangan eski shahar mahallalari bugungi kun talablariga javob beruvchi zamonaviy infratuzilma, yashash sifati va barqaror rivojlanish mezonlariga mos holda yangilanmoqda. Ushbu tadqiqotda eski mahallalarni urbanistik rivojlantirishda qo‘llanilayotgan zamonaviy strategiyalar — konservatsiya, reabilitatsiya, integratsiyalashgan qayta rejalashtirish va inklyuziv jamoatchilik ishtiroki modellarining nazariy asoslari va amaliy qo‘llanilishi o‘rganiladi.
Tadqiqot doirasida O‘zbekiston shaharlari, xususan Toshkent, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlarning mahalla tuzilmalari misolida eski tuzilmalarning transformatsiya jarayonlari tahlil qilinadi. Yevropa va Osiyo davlatlarining ilg‘or urbanistik yondashuvlari bilan qiyosiy taqqoslash asosida an’anaviy me’moriy merosni asrab qolgan holda zamonaviy shahar ehtiyojlariga mos keluvchi rejalashtirish yechimlari ishlab chiqiladi.
Natijalar shuni ko‘rsatadiki, muvaffaqiyatli strategiya tarixiy tuzilmani saqlab qolgan holda, funksional va ekologik jihatdan boyitilgan, ijtimoiy integratsiyalashgan urbanistik modelni yaratishga xizmat qiladi.
References
1. Gehl, J. (2011). Cities for people. Island Press.
2. Whyte, W. H. (1980). The social life of small urban spaces. Project for Public Spaces.
3. UN-Habitat. (2020). World cities report 2020: The value of sustainable urbanization. United Nations Human Settlements Programme. https://unhabitat.org
4. Moreno, C., Allam, Z., Chabaud, D., Gall, C., & Pratlong, F. (2021). Introducing the “15-minute city”: Sustainability, resilience and place identity in future post-pandemic cities. Smart Cities, 4(1), 93–111. https://doi.org/10.3390/smartcities4010006
5. OECD. (2021). 15-minute city: Reinventing urban life for a better future. OECD Publishing. https://www.oecd.org/publications
6. World Bank. (2023). Enhancing urban resilience in Central Asia. The World Bank Group. https://www.worldbank.org
7. UNESCO. (2011). Recommendation on the historic urban landscape. United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization. https://whc.unesco.org/en/activities/638
8. Dovudov, M., & Xidirov, A. (2020). Zamonaviy shaharsozlikda ijtimoiy jamoat joylarining ahamiyati. TATI Ilmiy axborotnomasi, 3(17), 44–50.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–302-son qarori. (2022). Tarixiy shaharlarni asrash va ularni rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida. Lex.uz. https://lex.uz/docs/6065506